Site icon Shirin shahar hokimligi

Ro‘yxatga olish bosqichlari

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo davlatlar har o‘n yilda aholini ro‘yxatdan o‘tkazishlari orqali aholi soni, yoshi, jinsi, maʼlumoti, ish joyi, millati, shuningdek, turar joyi va yashash sharoitlari kabi savollarga javob berishi kerak bo‘ladi. Bu ketma-ket hamda bir vaqtning o‘zida tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi.

Birinchi bosqichda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishni tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlar tayyorlanadi, mazkur tadbir dasturini, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish, uning natijalarini olish va eʼlon qilishni tashkil etish uslubiyati ishlab chiqiladi, har bir ro‘yxatga oluvchilar o‘z hududi bo‘yicha xaritalar bilan taʼminlanadi. Har bir xonadon raqamlanishi va ko‘chalar nomlanishi amalga oshiriladi. Shuningdek, ro‘yxatga oluvchilarni tanlash ham eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, maʼlumotlarning to‘g‘riligiga bevosita masʼul bo‘ladilar va shakllantirilgan maʼlumotlar haqqoniy bo‘lishi shart. Bu jarayonga voyaga yetgan yoshdagi va muomala layoqatiga ega bo‘lgan shaxslar jalb etilishi mumkin. Birinchi navbatda, Prezident huzuridagi Statistika agentligi va uning hududiy organlari xodimlari, oliy taʼlim muassasalari o‘qituvchilari va yuqori bosqich talabalari, akademik litseylar va umumtaʼlim maktablari o‘qituvchilari, shuningdek, boshqa toifadagi shaxslar ham mazkur jarayonda ishtirok etishga rozi bo‘lgan taqdirda jalb qilinishi mumkin. Tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda joylarda ro‘yxatga oluvchi xodimlarni o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi va zarurat tug‘ilsa, ularga qo‘shimcha maslahatlar beriladi. Ikkinchi bosqichda bevosita aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi, yaʼni aholi to‘g‘risidagi maʼlumotlar yig‘iladi. Uchinchi bosqichda aholini ro‘yxatga olish tadbiri natijalarini eʼlon qilish va ularni tarqatish ishlari amalga oshiriladi.

N.Narquzieva
Shirin shahar Statistika bo‘limi boshlig‘i   

Exit mobile version