- Assalomu alaykum, salomatligimiz posbonlari, mehribon shifokorlar va tibbiyot sohasining fidoyilari!
Siz aziz masʼuliyatli va mashaqqatli kasb egalarini “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.
Insoniyat paydo bo‘libdiki, dardga chalinganda, xastalik xurujlarida, avvalo Siz azizlardan najot kutadilar, dardlariga davo istaydilar.
Salomatlik posbonlari xalq bilan birga bo‘lib, har bir aholining xonadonlariga tibbiy madaniyatni, sog‘lom turmush tarzini olib kirib, ularning dardiga shifo, qalbiga malham bo‘lmoqdalar.
Qadrli shifokorlar!
Siz azizlarni bayram bilan yana bir bor muborakbod etib, xonadonlaringizga tinchlik-totuvlik, dasturxonlaringizga qut-baraka, salomatlik yo‘lidagi mashaqqatli faoliyatingizda kuch va shijoat tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Niyoz Xazratkulov