Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahar Ichki ishlar bo‘limi ogohlantiradi

So‘nggi yillarda ko‘plab sohalarni isloh qilish jadal surʼatlarda davom etayotgan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-avgust kunidagi O‘RQ-949-son Qonuni bilan “pirotexnika”buyumlari muomilasi sohasida ham o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Pirotexnika mahsulotlariga qisqacha tarif berib o‘tsak, pirotexnika vositalarining tarkibi yonish va portlash xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlari bo‘lib, ularning rang-barg yorug‘lik berish, kuchli ovoz chiqarishiga qiziqishi bilan insonlar bilib, bilmay ishlatishi yoki foydalanishi oqibatida inson hayoti va sog‘ligiga jiddiy zarar keltiradi, ayniqsa qo‘l bola yasalgan, sifati kafolatlanmagan pirotexnika vositalaridan foydalanish yuqorida aytganimizdek, inson hayoti va sog‘ligiga ziyon yetkazib, ko‘plab baxtsiz hodisalarga sabab bo‘ladi.

Shu sababli “pirotexnika” buyumlari muomilasini tartibga olish borasida O‘zbekiston Respublikasining MJtKning 1851–moddasining oldingi tahrirda pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda saqlash, tayyorlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanilsa aniqlangan holatdagi ashyolari yaʼni buyumlari musodara qilinib, 5 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima jazosi tayinlangandi.

O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 28 avgustdagi O‘RQ-949-son Qonuni bilan MJtKning 1851–moddasi 2-qismi bilan pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, saqlash, tayyorlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanilsa shuningdek,  ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish, aniqlangan holatdagi ashyolari yaʼni buyumlari musodara qilinib, 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda hozirgi vaqtda 5.625.000 so‘mdan 11.250.000 so‘mgacha, MJtKning 1851–moddasi 3-qismi bilan pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish holatlari aniqlansa, ashyolari yaʼni buyumlari musodara qilinib, 25 baravaridan 50 baravarigacha 9.375.000 so‘mdan 18.750.000 so‘mgacha jarima jazosi qo‘llaniladi.

Hurmatli fuqarolar, Aziz ota-onalar farzandingizni pirotexnika vositalaridan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang.

Pirotexnika vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanish javobgarlikka olib kelishi to‘g‘risida Shirin shahar Ichki ishlar bo‘limi ogohlantiradi.

Pirotexnika vositalaridan foydalanmang!

Exit mobile version