Site icon Shirin shahar hokimligi

Shahar sektor rahbarlarining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi

Shirin shahar hokimi Niyoz Xazratkulov boshchiligida sektor rahbarlari hamda shahardagi mutasaddi rahbarlar ishtirokida aholi va tadbirkorlar, yoshlarning muammolarini manzilli o‘rganish va hal etish maqsadida bugun Shirin shahar Yoshlar markazida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda fuqarolar, yoshlar hamda tadbirkorlar yechimini kutayotgan bir qator masalalari bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida doimiy ish bilan ta’minlash, kridet ajratish, OTM shartnoma to‘lovlarini to‘lab berilishi, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish bog‘liq va boshqa masalalar yuzasidan jami 7 ta murojaatlar kelib tushdi. Aksariyat murojaatlar shu vaqtning o‘zida yechimini topdi. Qolgan masalalarni hal etish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Exit mobile version