Davlatimiz rahbari raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘tkazilgan yig‘ilishda kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanishi, har bir mahalla to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, ulardagi “kambag‘al oilalar portreti”ni ishlab chiqqan holda individual ish olib borish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan Shirin shahar sektor rahbarlari hamda tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan mahallalardagi ushbu toifaga kiruvchi oilalar sharoiti o‘rganilib, har bir oilani kambag‘allikdan chiqarish maqsadida, kasbga o‘qitish va ishga joylash, tadbirkorlik boshlashiga ko‘maklashish, taʼlim, sog‘ligini tiklash va boshqa masalalar bo‘yicha uzoq, o‘rta va qisqa muddatli individual dastur ishlab chiqilmoqda.