Joriy yilning 24 iyun kuni Shirin shahar hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi, shahar Aholini bandlikka ko‘maklashish markazi, shahar IIB probatsiya guruhi hamkorligida «Yoshlar oyligi» doirasida «Loyihalar va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi» tashkil etildi.
O‘tkazilgan mazkur yarmarkada 12 ta korxona va tashkilotlar jami 130 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Mehnat yarmarkasida jami 94 nafar fuqarolar ishtirok etib, shundan 4 nafar fuqarolar ishga yo‘llanma olishdi, 5 nafar fuqarolar kasbga yo‘naltirildi, 11 nafar fuqarolarning bandligini ta’minlash bo‘yicha maslahatlar berildi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati