Davlatimiz rahbari huzurida joriy yil 11-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanishi belgilanib, barcha darajadagi masʼullarga vazifalar belgilab berildi.
Shirin shahrida mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 120 ta oila 40 nafarga yaqin mas’ullarga biriktirilib, har bir oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual ishlar olib borilmoqda.
Bugun Shirin shahar hokimi Niyoz Xazratkulov hamda viloyat hokimining o‘rinbosari Bekzod Ismatov rahbarligida “Kambag‘allikdan farovon sari” dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida rahbarlar o‘zlariga biriktirilgan oilalar bilan ishlashni asosiy vazifasi deb bilib, ishlarni tizimli va sifatli tashkil etishi lozimligi taʼkidlanib, mutasaddilarga aniq muddatlar bilan vazifalar topshirildi.