Site icon Shirin shahar hokimligi

Jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga ID-kartalari o‘z xonadonlarida rasmiylashtirib berilmoqda

Shirin shahar Ichki ishlar bo’limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan shahrimizdagi jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarning yashash xonadonlarida mobil planshet yordamida ID-kartalar uchun talabnomalar shakllantirilmoqda.

Hozirda fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining yangi namunadagi ID-kartalari bilan hujjatlashtirish ishlari davom etmoqda.

Exit mobile version