Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar
1. “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati shahar filiali aholiniuzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida duch kelinayotgan muammolar va ularni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan shahar elektr tarmoqlari korxonasi rahbari D.Oqbo‘tayevning hisoboti to‘g‘risida.
2. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni hamda 2022- 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida ijrosi yuzasidan shahar hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Alimovning hisoboti.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari B.Djumokovning axboroti.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoni hamda 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi gender tenglikka erishish strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan shahar hokimining o‘rinbosari D.Umarovaning hisoboti.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 25-maqsadida “Xotin-qizlarning ta’lim olishi, kasbiy ko‘nikmalarni egallashi va erta turmush va ajrimlarning oldini olish, tadbirkorlikka jalb etishda olib borilayotgan ishlar” yuzasidan shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Umarovaning axboroti.
6. 2024-2025-yillarda shahardagi ijtimoiy soha obyektlarining kuzqish mavsumida betalofat o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan shahar hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha shahar o‘rinbosari D.Azimovning hisoboti.
7. Shirin shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i I.Xakimovning 2024-yil davomida normativ-huquqiy hujjatlarni bir hilda ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlari axboroti to‘g‘risida.
8. “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 24-maqsadida hamda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da shaharda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, qarovsiz va nazoratsiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyaga olishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan Shirin shahar ”Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori v.v.b O.G‘afurovning hisoboti.
9. Boshqa masalalar.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitilib, deputatlarning qizg‘in muhokamalaridan so‘ng tegishli qarorlar qabul qilindi.