Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahrida “Sektor Rahbarlari kubogi” g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

Shahrimizda “Sektor Rahbarlari kubogi” uchun tanlov va musobaqalar o‘z yakuniga yetdi. Bugun Shirin shahar Yoshlar markazida g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

4 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra:

“Zukko kitobxon” tanlovi bo‘yicha Amir Temur mahallasi;

“Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha Farhod mahallasi;

“Kibersport” turniri bo‘yicha Do‘stlik mahallasi;

“Yengil atletika” 600 metrga estafeta yugurish musobaqasi bo‘yicha Amir Temur mahallasi Jamoalari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘l olishdi.

Tanlov va musobaqalarda g‘olib bo‘lgan hamda faol ishtirok etgan jamoalar a’zolari shahar sektor rahbarlari tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Exit mobile version