1-oktabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» bayrami munosabati bilan bugun, Shirin shahrida tantanali tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda shahar sektorlari rahbarlari, faxriy ustozlar, o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida shahar hokimi Niyoz Xazratkulov bayram munosabati bilan barcha ishtirokchilarni tabriklab, ta’lim sohasidagi yangiliklar va yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, ustozlarning mehnatlari va ularning yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida ustozlarning mehnatini qadrlash va ularga bo‘lgan hurmatni ifodalash maqsadida qator ta’lim fidoyilariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tantanali tadbir marosimning o‘ziga xos ruhida davom etdi. Ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga quvonch ulashdi.