Site icon Shirin shahar hokimligi

Mahalla yoshlari o‘rtasida “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazildi

O‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama bilimli, komil inson bo‘lib yetishishi Yangi O‘zbekistonning bugungi kuni va ertasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada davlatimiz rahbarining “Zakovat» intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Jumladan, bugun Shirin shahar Yoshlar markazida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Unda mahallalardagi iqtidorli yoshlar hamda huquq-tartibot organlariga biriktirilgan yoshlar bilan birga shahar sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Unda 7 ta mahalladan 40 nafar ortiq yoshlar ishtirok etib o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Shiddatli va his-hayajonga boy o‘tgan musobaqa natijasiga ko‘ra 3-o‘rinni Do‘stlik, 2-o‘rin Farhod hamda 1-o‘rinni Amir Temur mahallasi jamoasi egalladi.

Exit mobile version