Site icon Shirin shahar hokimligi

O‘zbekiston Respublikasida sud-huquq islohotlari

Mustaqil, kuchli sud hokimiyati demokratik huquqiy davlatning asosiy omilidir.

Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni kuchaytirish, odil sudlovni ta’minlash, sud hokimiyatining rolini oshirishga qaratilgan tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

Sudlar o‘z faoliyatining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, amaldagi qonunlarning ta’sirini tahlil qiladi, ularning kamchiliklarini aniqlaydi, takomillashtirish yo‘llarini belgilaydi va sud amaliyotidan kelib chiqib, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.

2017-2023 yillarda Oliy sud tomonidan 265 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, jumladan, 74 ta qonun loyihasi ishlab chiqildi.

2017 yildan boshlab Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sudlov ishlarini yuritish sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirildi.

2017 yildan boshlab ma’muriy va boshqa ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rishga ixtisoslashgan ma’muriy sudlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan munosabatlarida qonun ustuvorligini ta’minlash bilan bir qatorda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish ma’muriy sudlarning birlamchi vazifasi hisoblanadi.

O‘tgan yillarda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligida jinoyat protsessida ishtirok etayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida uning normalarini takomillashtirish, ilg‘or xalqaro standartlar va xorijiy tajribani joriy etishga qaratilgan jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.  Xususan: – jinoyat qonunchiligini yanada liberallashtirish va ayrim toifadagi jinoyatlarni dekriminallashtirish amalga oshirildi; – ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar ro‘yxati kengaytirildi; – jinoyat ishini qo‘shimcha tergovga yuborish instituti bekor qilingan; – dastlabki eshituv instituti va boshqalar joriy etildi.

Yana bir yangilik – Oliy sudda investisiyaviy nizolarni ko‘rib chiqish uchun maxsus sudlov hay’ati tashkil etildi.

Sudlarni moliyalashtirish tizimi xalqaro standartlarga muvofiq moslashtirildi. Sud tizimi to‘liq davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.

Shu bilan birga, 2023–2026-yillarda sud-huquq tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha qisqa muddatli Strategiya tasdiqlanib, uning doirasida odil sudlovni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham sudlar faoliyatini raqamlashtirishga katta e’tibor qaratilib, bu borada qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

– sud infratuzilmasi yuqori tezlikdagi internet va ichki himoyalangan mahalliy tarmoq bilan ta’minlangan, barcha sud binolari videokonferensaloqa tizimi va sud majlislari zallari sud majlislarini o‘tkazish uchun audioyozuv tizimi bilan jihozlangan;

– sud jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha axborot tizimi to‘liq joriy etildi;

– sud axborot tizimlari 35 ta vazirlik va idoralarning 49 ta axborot tizimi bilan integratsiyalashgan, natijada axborot almashinuvi to‘liq raqamli formatga o‘tkazildi;

– fuqarolar va tadbirkorlarga masofaviy onlayn xizmatlar ko‘rsatish uchun interaktiv xizmatlar portali ishga tushirildi;

– xavfsiz mobil videokonferensaloqa tizimi orqali sud majlislarida ishtirok etish imkoniyati yaratildi;

Ochiq sud majlislaridagi sud qarorlari muntazam ravishda Internetda maxsus portalda e’lon qilinadi.

Sudьyalikka nomzodlarni tanlash bo‘yicha doimiy ishlovchi yangi konstitutsiyaviy organ – Sudьyalar oliy kengashi tomonidan amalga oshirilmoqda, ushbu organ sudyalar va advokatlar, yuridik va ilmiy jamoatchilik vakillaridan iborat. Islohotlar davomida malaka talablari va sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash mexanizmlari kuchaytirildi.

Sudyalar oliy maktabini tashkil etish orqali sudyalik lavozimiga nomzodlarni tayyorlash tartibi tubdan o‘zgardi. Bugungi kunda mazkur muassasada sudьyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudьyalar va sud xodimlarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish yo‘lga qo‘yilgan.

Yuqoridagi barcha islohotlar mamlakatimizda davlat, jamiyat va
har bir shaxs hayotidagi beqiyos o‘rnini namoyon etib, sud-huquq tizimini takomillashtirish masalalariga yangicha tus bermoqda.

Sirdaryo viloyat sudining sudyasi
I.Matmuratov

Exit mobile version