Sessiya ishi shahar hokimligining Facebook (http://www.facebook.com/profile.php?id=100089877406551&mib) ijtimoiy tarmog‘ida jonli efirga uzatildi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 20-fevraldagi “Xalq deputatlari viloyat Kengashida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hisobotlarini eshitish toʻgʻrisida”gi KQ-687-son qarori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida M.Salimovaning hisoboti.
2. 2024-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha 1-sektor rahbari N. Xazratkulovning hisoboti.
3. Shirin shahrini 2024-yilda 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar hokimining hisoboti.
4. 2024-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha 2-sektor rahbari R. Mamirovning hisoboti.
5. Shirin shahrida qonunbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha 2024-yil 1- choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Shirin shahar prokurori R. Mamirovning hisoboti.
6. 2024-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha 3-sektor rahbari B. Sanayevning hisoboti
7. Shirin shahrida 2024-yil 1-chorak davomida Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i B.Sanayevning hisoboti.
8. 2024-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha 4-sektor rahbari D. Inatovaning hisoboti.
9. 2024-yil 1-choragi davomida soliq tushumlarining o‘z vaqtida undirilishi, unga oid prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi va amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Shirin shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i D.Inatovaning hisoboti.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari yordamchilari faoliyatini tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida ” gi 2021-yil 3-dekabr kunidagi PQ-31-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shirin shahridagi Xalq qabulxonasi mudirining mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar tahliliga asosan hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi to‘g‘risidagi axboroti yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i I. Kuziboyevning hisoboti.
11. Shaharning 2024-yil davomida budjet parametrlarining bajarilish yuzasidan Iqtisodiyot va Moliya bo‘limi boshlig‘i U. Babayevning hisoboti.
12. Shirin shahridagi 4 ta sektor rahbari va hududlardagi tashkilot rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Shirin shahar Xalq qabulxonasi mudiri M. Ro‘zimurodovning axboroti to‘g‘risida.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-sonli Farmoni bo‘yicha Shirin shahrida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan Shirin shahar hokimining birinchi o‘rinbosari I. Maxmudovning hisoboti.
14. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunlari ,tegishli farmonlar, qarorlar va boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan Shirin shahar hokim maslahatchisi D.Kamalovaning hisoboti.
15. Boshqa masalalar.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitilib, deputatlarning qizg‘in muhokamalaridan so‘ng tegishli qarorlar qabul qilindi.