2024-yil 1-yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik, xususan, tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida Shirin shahar Yoshlar markazida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
Tadbirda shahar sektor rahbarlari, viloyat soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari, tadbirkorlar ishtirok etdi.
Seminarda soliq qonunchiligidagi yangiliklar, xususan, da’vo qilish muddatining 3 yilga qisqartirilganligi, foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari chegaraviy miqdori 10 mlrd so‘m etib belgilanganligi, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga soliq solish tartibi, mol-mulk solig‘idagi o‘zgarishlar va boshqalar batafsil tushuntirildi.