Ayni damda shahrimizdagi mahalla raisi, mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektoridan iborat “mahalla yettiligi” xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha Shirin shahar Yoshlar markazida o‘quv seminari boʻlib oʻtmoqda.
Bugun erta tongdan boshlangan ushbu seminarni shahar sektor rahbarlari ochib berishdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni hamda PQ-402-son qarorining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish mexanizmlari Davlat boshqaruvi akademiyasida bilim va malakasini oshirib kelgan trenerlar tomonidan aniq tushuntirib berilmoqda.