Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahrida ko‘p qavatli uylarni boshqarish yo‘nalishida yuzaga kelgan debitor qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yilning 29-yanvar kuni oʻtkazilgan «2024-yilda uy – joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida»gi yig‘ilishda bir qator topshiriqlar berildi.

Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan Shirin shahrida ko‘p qavatli uylarni boshqarish yo‘nalishida yuzaga kelgan debitor qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha masʼullardan iborat ishchi guruh tashkil etildi.

Shuningdek, sektor rahbarlari boshchiligida barcha mahallalarda uyboshilar, targ‘ibotchilar va yettilik ishtirokida qarzdorliklarni o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha fuqarolar bilan tushuntirishlar ishlari olib borilmoqda.

Exit mobile version