Site icon Shirin shahar hokimligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shirin shahridagi Xalq qabulxonasiga 2023-yil davomida kelib tushgan murojaatlar tahlili

Xalq qabulxonalari aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning hayotiy muammolarini hal etishga keng imkoniyat yaratmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalarida fuqarolarning ariza va shikoyati belgilangan tartibda, xolislik tamoyili asosida ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etilayotgani mamlakatimizda inson huquq va manfaatlariga oliy qadriyat sifatida qaralayotganining yana bir yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyati, Shirin shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi  PF-5633-sonli “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-sonli “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash hamda uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va hal qilish faoliyati tahlil qilindi.

Tahlillarga ko‘ra, 2023-yilning yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ishonch telefoni, Virtual va shahar Xalq qabulxonasiga jami 995 ta  (2022-yilda 1501 ta) murojaat kelib tushgan bo‘lib, mazkur murojaatlarning 689 tasi  (2022-yil 874 ta) yoki 69,2 foizi (2022-yil 58,2 foiz) qanoatlantirilgan, 202 tasi  (2022-yil 494 ta) bo‘yicha huquqiy maslahat berilgan va 65 tasiga ( 2022-yil 90 ta) tushuntirish berilgan bo‘lsa, qolgan 25 ta (2022-yil 22 ta) murojaatlar ko‘rib chiqish jarayonida qolgan.

Tahlillardan ko‘rinadiki, o‘tgan 2022-yilning yakuniga nisbatan  murojaatlar soni 506 taga yoki 33,7 foizga kamayishiga, qanoatlantirish darajasi esa 11,0 foizga oshgan.

Shuningdek, shahar Xalq qabulxonasiga jami 389 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, mazkur murojaatlarning 366 tasi yoki 94,1 foizi qanoatlantirilgan, 79 tasi bo‘yicha huquqiy maslahat berilgan va 8 tasiga tushuntirish berilgan bo‘lsa, qolgan 15 ta murojaatlar ko‘rib chiqish jarayonida qolgan.

Xususan, ish bilan ta’minlash 28 ta, kredit olish masalasida 21 ta, gaz, elektr, suv masalalarida 10 ta, yo‘l qurilish masalalarida 10 ta, moddiy yordam ajratish masalalarida 19 ta, uy-joy bilan ta’minlash 8 ta, sog‘liqni saqlash 14 ta, sud  ijrosiga oid 5 ta, dori-darmonga narx-navo masalasi 7 ta, “Ayollar daftari”ga 12 ta, “Temir daftar” ga kiritish 14 ta hamda 243 ta boshqa masalalarda murojaatlar kelib tushgan. 

2023-yil o‘tgan davr mobaynida Prezidentning Shirin shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari buzilganligi yuzasidan davlat idora va tashkilotlari rahbar hamda xodimlarini javobgarlikka tortish yuzasidan 8 ta taqdimnoma, 9 taklif hamda 50 ta ko‘rsatmalar kiritilgan, 12 nafar mas’ul xodimga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-sonli “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qaroriga asosan, 2023-yil davomida shahar bo‘yicha:

1-sektor rahbarlari tomonidan 70 marotabadan hududlarda sayyor qabullar  o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu sayyor qabullarda 1220 nafardan ortiq fuqarolar qatnashib, ushbu fuqarolardan jami 1191 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 999 tasi yoki 83,9 foizi ijobiy hal etilgan bo‘lib, qolgan 130 ta murojaatlarga huquqiy ma’lumot berish orqali hal etilgan, 12 murojaatlarga asosli tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar esa ko‘rib chiqish jarayonida.  

Masalan:

1-sektor rahbari, shahar hokimi tomonidan Amir Temur  mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda  4-uy, 45-xonadonda yashovchi 2004-yil 7-noyabrda tug‘ilgan fuqaro B.S. tomonidan qilingan murojaat, shahar Inson ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nogironlik aravachasi olib berilib, ijobiy hal etildi.

2-sektor rahbari, shahar prokurori tomonidan “Farhod” mahallasida o‘tkazilgan sayyor ommaviy qabulida “Farhod” mahallasi, Ziyokor ko‘chasi, 28-uyda yashovchi, 1980-yil 1-yanvarda tug‘ilgan fuqaro Gʻ.X. tomonidan qilingan murojaat, shahar hokimligi Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan “ASL-MED-SERVIS” xususiy klinikasiga 3,0 mln so‘m pul mablag‘i ajratilib, ijobiy hal etildi.

Shirin shahridagi mavjud 7 ta mahallalarda shu kunga qadar 19 marotaba o‘tkazilgan “Uch avlod” uchrashuvlarida 440 nafar nuroniy va faxriylar, 664 nafar yoshlar va 47 nafar turli millat va elat vakillari ishtirok etishdi, 67 marotaba tibbiy ko‘riklar tashkil etilgan bo‘lib, unda 5383 nafar fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Buning natijasida 642 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlanib, ulardan 600 nafari shifoxona va ambulator sharoitda davolanish uchun (order asosida) yo‘naltirildi, 19 nafariga sanatoriyalarga yo‘llanma ajratildi, 23 nafar fuqaroning nogironlik guruhlari belgilanishiga ko‘maklashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Shirin shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri                                                      
M.Ro‘zimurodov

Exit mobile version