Betakror diyorimizga kirib kelayotgan Yangi yil bilan Siz va oila a’zolaringizni samimiy muborakbod etaman!
Yangi yilda Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadoningizga fayzu baraka, jonajon yurtimizga tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik tilayman.
Vatanimiz ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lidagi olib borayotgan fidokorona, mas’uliyatli va ezgu ishlaringizda omad yor bo‘lsin.
2024-yil har bir oila va xonadonga qut-baraka, baxt va omad olib kelsin! Barcha ezgu maqsadlarimiz ro‘yobga chiqsin!
Hurmat bilan,
Shirin shahar hokimi
Xazratkulov Niyoz Namazbayevich