Site icon Shirin shahar hokimligi

Yangi yil – orzu-umidlar va ulkan niyatlar bayrami

Yangi yil bolajonlar orziqib kutgan ular uchun orzular ushaladigan go‘zal bayram. Shu maqsad bilan Shirin shahar Yoshlar markazida «Yangi yil ertagi» nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida turli ertak qahramonlari ishtirokida qiziqarli chiqishlar, ajoyib sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, shahar sektor rahbarlari tomonidan kichkintoylarga yangi yil sovg‘alari topshirildi.

Bir-biridan ajoyib tomoshalar va sovg‘alar bolajonlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Exit mobile version