Tasdiqlangan reja grafikka asosan, joriy yilning 6-dekabr kuni Shirin shahar Ixtisoslashtirilgan maktabida shahar sektor rahbarlarining navbatdagi jismoniy va yuridik shaxslar uchun ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi.
Qabulda shahar sektor va tashkilotlar rahbarlari hamda shahar Xalq qabulxonasi vakillari hamda 30 nafardan ortiq fuqarolar yechimini kutayotgan bir qator masalalari bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida fuqarolardan 13 tadan ortiq turli mazmundagi yaʼni, bir martalik moddiy yordam, kredit hamda subsidiya ajratish, ish bilan taʼminlash, eshitish moslamasi olib berish masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushdi, ushbu murojaatlarning 6 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi va qolgan 4 ta murojaatlar oʻraganish talab etganligi bois muddatlar belgilanib, ijrosi sektor rahbarlarining nazoratiga olindi.