Site icon Shirin shahar hokimligi

Kurash boʻyicha shahar birinchiligi oʻtkazildi

Bugun Shirin shahar sport maktabida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag’ishlab «Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!» degan bosh g’oya asosida yoshlar oʻrtasida sportning bel olish kurash turi boʻyicha sport maktabining ochiq birinchiligi oʻtkazildi.

Murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqa yakunlariga koʻra gʻolib deb topilgan sportchilar hamda Sirdaryo viloyatida 16-20-noyabr kunlari Sportning belbog‘li, bel olish hamda uch kurash turlari bo‘yicha oʻtkazilgan Jahon chempionatida yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritgan shahrimiz sportchilari Ahmadov Ilyos Faxriddin o’g’li (1-o’rin), Yuldoshev Husniddin Egamberdi o’g’li (2-o’rin), Akramov Umidjon Ikrom o’g’li (3-o’rin), Shukirillayeva Sevinch Shuxratjon qizi (2-o’rin) ham shahar hokimligi hamda Sirdaryo IES korxonasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sogʻalari bilan taqdirlandi.

Exit mobile version