Hech birimizga sir emaski, bundan 10 yil avval sud jarayonidagi uzoq muddatli ko‘rib chiqishlar, fuqarolar noroziligi hamda chiqarilgan sud qarorlarining Oliy sud tomonidan qaytarilish kabi holatlari ko‘paygan edi. Bu esa insonlarni sudlarga bo‘lgan ishonchini so‘ndirar edi. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da sud jarayonlari,tartib va tamoyillari xususida qator yangiliklar berildi. Sud mustaqilligi, ishlarni ko‘rishda xolislik, adolat va qonuniylikni taʼminlash maqsadida siyosiy huquqiy islohotlarning so‘nggi yillarda tizimga oid ko‘plab qonun, farmon va qarorlar qabul qilinganligini, ayni vaqtda odil sudlov tizimining chinakam mustaqilligi va ochiqligini taʼminlash, huquq-tartibot organlari faoliyatini takomillashtirish, advokatura institutini kuchaytirish, ushbu sohalar faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha oldimizda ko‘pgina vazifalar turganligini taʼkidlab o‘tdi.
Kelgusida maʼmuriy sudlar faoliyatini xalqaro andozalar asosida takomillashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 65 va 66-moddalarida quyidagilar qayd etilgan.
Yaʼni, Konstitutsiyaning 65-moddasida – Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, isteʼmolchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi taʼminlanadi.
Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas.
Shuningdek, Konstitutsiyaning 66-moddasida – Mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.
Sirdaryo viloyat maʼmuriy sudining
sudya katta yordamchisi
Y.A.Kuldashev