Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahridagi ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o’rganildi

Shirin shahar hokimligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tomonidan hududdagi umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o’rganildi.
Ta’lim  muassasalarning isitish tizimlari yaroqlilik darajasi,  ko’mir zaxiralari yaratilganlik holatlari ko’zdan kechirildi.

4 ta umumta’lim maktablari, 2 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida bo’lgan mutasaddilar, ularning barchasini birma-bir ko’zdan kechirib, muassasalarning o’quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlaridagi mavjud muammolar bilan qiziqdilar.

Umumta’lim maktablari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tegishli idoralar mas’ullari ishtirokida birma-bir o’rganilib, isitish tizimlari, qozonxona, mo’rilar, gaz quvurlari, gaz va elektr taqsimlagichlar to’liq ko’rikdan o’tkazilib, texnik holati yuzasidan joriy ta’mirlash va sozlash ishlari olib borilib, kuz-qish mavsumiga shay holatga keltirilmoqda.

Exit mobile version