Jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida tashkil etish, rahbar xodimlarni xalq bilan muloqotga kirishlari uchun asos yaratish maqsadida joylarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
✅Shu kabi qabullarning navbatdagisi shahar sektor rahbarlari tomonidan Shirin energetika kollejida tashkil etildi. Unda tashkilot rahbarlari hamda 30 ga yaqin shahar fuqarolari va tadbirkorlar o‘z yechimini kutayotgan bir qator masalalar bilan ishtirok etishdi.
✅Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan, sog‘ligini tiklash, ijara hamda OTMda oʻqish shartnoma to‘lovi uchun bir martalik moddiy yordam, subsidiya ajratish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit, shahar ichida transport qatnovi, ish bilan taʼminlash, gaz tarmog‘iga ulanish, taʼlim krediti masalalari yuzasidan jami 18 ta murojaatlar kelib tushdi. Ushbu muammolarning kelib chiqishi sabablari o‘rganilib, ularga ijobiy yechim topish masalasi qo‘yildi. Aksariyat murojaatlar shu vaqtning o‘zida yechimini topdi. Qolgan masalalarni hal yetish bo‘yicha sektor rahbarlari tomonidan masʼullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.