✅O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda “Tibbiyot xodimlari kuni” sifatida nishonlanadi.
🔹Bugun, 9-noyabr kuni shahrimizning tibbiyot muassasalarida fidoyilik bilan faoliyat olib borayotgan soxa xodimlarini kasb bayramlari bilan qutlash maqsadida bayram tadbiri tashkil etildi.
✅Tadbirda shahar hokimi tomonidan yuksak kasb mahorati, insoniy fazilatlari bilan aholi salomatligini mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qo‘shgan hissasi va ko‘rsatgan namunasi uchun bir guruh tibbiyot xodimlari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
🔹Ko‘tarinki ruhda o‘tgan ushbu bayram tadbirida Madaniyat bo‘limining sanʼatkorlari o‘zlarining badiiy dasturlari-sho‘x kuy-qo‘shiqlari bilan soha xodimlariga xush kayfiyat bag‘ishladilar.