Bugun Shirin shahar Yoshlar markazida umumta’lim maktablari bitiruvchi yoshlari bandligini ta’minlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Viloyat hokimi o‘rinbosari Bekzod Ismatov boshchiligida shahar sektor va tegishli tashkilot rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda 70 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etib, ular bilan yaqindan suhbatlashildi, qaysi sohaga qiziqishlari va takliflari tinglanib, tegishli mas’ullarga yoshlar bandligini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi. Topshiriqlar ijrosi viloyat hokimi o‘rinbosari nazoratiga olindi.