Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahrida “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2023-yilning birinchi yarmiga qadar amalga oshirilgan ishlar

https://shirinuz.uz/wp-content/uploads/2023/09/MVI_277129.mp4

Shirin shahrida 9 900 nafar xotin-qizlar istiqomat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qarori ijrosi yuzasidan, shaharda joriy yil boshidan 30 yoshdan yuqori 4002 nafar xotin-qizlar xatlovdan o‘tkazilib, ularga so‘rovnoma-anketalar to‘ldirildi. Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining 2023-yil 1-martdagi VI-53-16-9-131-k/23-sonli qaroriga asosan “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga 435 nafar xotin-qizlar ro‘yxatga kiritildi.

Jumladan, “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar” toifasiga 156 nafar, “Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar” toifasiga
23 nafar, “Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar” toifasiga 103 nafar, “Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar” toifasiga 72 nafar, “Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar” toifasiga
23 nafar, “Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar” toifasiga 58 nafar xotin-qizlar kiritildi. Xatlov natijasiga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj 435 nafar xotin-qizlar bilan bugungi kunda manzilli ishlanib, ularga individual dasturlar yuritildi.

“Ayollar daftari”ning 6 ta toifasi bo‘yicha quyidagi ko‘rinishda yordamlar ko‘rsatildi:

1-toifa:

“Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayollar bandligi taʼminlash” borasida jami 156 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo‘lib, 142 nafar xotin-qizlarni bandligi taʼminlandi.

2-toifa:

 “Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar” toifasiga jami 23 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo‘lib, shu bugunga qadar 22 nafar xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratilgan.

3-toifa:

“Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar” toifasiga jami 103 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo‘lib, shundan “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 88 nafariga bir martalik moddiy yordam berildi.

4-toifa:

 “Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar” toifasiga jami 72 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo‘lib, shundan 53 nafariga “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan bir martalik moddiy yordam berildi.

5-toifa:

“Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar” toifasiga jami 23 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo‘lib, shundan 19 nafariga “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan mart, aprel, may va iyun oylari uchun ijara pullari to‘lab berilmoqda.

6-toifa:

“Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar” toifasiga jami 58 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo‘lib, “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ularga bir martalik moddiy yordam pullari va
2 nafar xotin-qizlar farzandlarining  kontrakt pullari to‘lab berildi.

Exit mobile version