Site icon Shirin shahar hokimligi

Sirdaryoda gastronomik festival va milliy taomlar yarmarkasi o‘tkazildi

https://shirinuz.uz/wp-content/uploads/2023/08/сайл2.mp4

«O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlarining iqtisodiy-madaniy forumi» doirasida Sirdaryo viloyati tashkil topganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, qovun sayli va qardosh millatlar vakillari ishtirokida badiiy kechalar bo‘lib o‘tdi.

«Guliston istirohat bog‘i»ga yondosh Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab o‘zbek, qozoq, tojik xalqlarining milliy taomlari va viloyatimizning gastronomik turizm salohiyatini aks ettiruvchi ko‘rgazmada mohir pazandalar tansiq taomlarni tayyorlash jarayonini namoyish qildi.

Sirdaryoning mirishkor dehqonlari tomonidan yetishtirilayotgan, dunyoga dong‘i ketgan, tilimi tilni yorar turli navdagi qovunlari, poliz ekinlari mazasi bilan viloyatimiz mehmonlarini hamda mahalliy aholini birday bahramand qilmoqda.

Folklor jamoalar, milliy madaniy markazlari, yosh estrada xonandalarining chiqishlari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, hunarmandchilik mahsulotlari namoyishi ham yig‘ilganlarda iliq taassurot qoldirdi.

Mehmonlar serquyosh vohamizda yetishtirilgan qovun, sarxil mevalar hamda milliy taomlardan tatib ko‘rish imkoniga ham ega bo‘ldilar.

Exit mobile version