Shirin shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga — Maxmudov Ismadiyor Abduvaliyevich tayinlandi.
Ismadiyor Abduvaliyevich tayinlovga qadar shahardagi «Mirzo Ulug‘bek» mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shirin shahar hokimligi jamoasi hamda shahar faollari Ismadiyor Abduvaliyevichni ushbu tayinlov bilan samimiy muborakbod etadi, ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilab qoladi.