Site icon Shirin shahar hokimligi

“Farhod” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun, 25-iyul kuni Shirin shahar “Farhod” mahallasida shahar hokimi, 1-sektor rahbari Sarvarbek Sultonov, shahar tashkilotlari rahbarlari, “Farhod” mahallasi vakillari va mahallada hokim yordamchilari ishtirokida aholini qiynab kelayotgan muammolarni tizimli hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun subsidiyalar ajratish, doimiy ish bilan taʼminlash, yashash xonadonining kadastr hujjatlarini shakllantirish masalalarida jami 6 ta murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 4 tasiga jarayonning o‘zida yechim topilib, joyida hal etildi va qolgan 2 ta murojaat bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi.

Exit mobile version