Prezidentimizning joriy yilda Buxoro viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari asosida kam ta’minlangan ehtiyojmand oilalar vakillarini 2023-yil Ramazon mavsumida bepul “Umra” ziyoratiga yuborish belgilangan edi. Shu munosabat bilan muborak oy arafasida shahrimizdan 7 nafar ehtiyojmand, shu bilan birga ibratli oilalar vakillari ham Umra safarini ado etish uchun yuborilib, bugun ular o‘z uylariga qaytishdi.
Islomiy amallarini bajarib yuzlarida ulugʻ ziyorat fayzi yogʻilib, shukronalik hissi va yurt sogʻinchi ifodasi koʻrinib turgan hoji onalarimiz shahrimiz faollari hamda yaqinlari ishtirokida hurmat va ehtirom bilan kutib olindi.