Site icon Shirin shahar hokimligi

Muftiy hazrat: Mazhabga ergashish ixtiloflardan saqlaydi! (2-qism)

Muftiy Nuriddin domla hazratlari ushbu mavzudagi chiqishlari davomida mashhur sahoba Muoz ibn Jabal raziyallohu anhuning ijtihod qilish (hukm chiqarish) bobidagi hozirjavobliklari Rasul alayhissalomni juda ham xursand qilgani bayon etiladi.
Mujtahid ulamolar Qur’on va hadisga tayanib ijtihod qilganlari hamda bir vaqtda barcha zarur ilmlar – tafsir, hadis, oyatlar nozil bo‘lish sabablari, arab tili grammatikasi kabilarni puxta bilganlari keltiriladi.
Diyorimizda asrlar davomida Hanafiy mazhabiga amal qilingani, shuning uchun o‘tmishda bunday ixtiloflar bo‘lmagani haqida so‘z yuritiladi.
Hozirgi kunda mazhabni rad etadigan yoki to‘rtta mazhabni qorishtiradiganlar paydo bo‘layotgani afsus bilan qayd etiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

https://shirinuz.uz/wp-content/uploads/2023/03/2-qism-new-tg.mp4
Exit mobile version