Site icon Shirin shahar hokimligi

Yo‘l qoidasi – umr foydasi!

Bu ibora bekorga aytilmagan bugungi rivojlanib borayotgan zamonda yo‘l harakati qoidalarini bilish va unga rioya etish hayot zarurati. Ayniqsa ushbu bilimni eng avvalo maktabgacha taʼlim muassasalaridan boshlab egallash juda samarali hisoblanadi. Shu maqsadda Shirin shahar IIB yo‘l harakati xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan 6-MTTda «Diqqat bolalar» va «Ehtiyotkor piyoda» mavzusida ko‘rgazmali seminar mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Seminarda bolajonlarga yo‘llarda harakatlanishda eng muhim bo‘lgan ko‘nikmalar o‘rgatildi. Ushbu seminarlar boshqa taʼlim muassasalarida ham reja asosida o‘tkaziladi.

Shu o‘rinda aytish joizki yo‘llarimizda xavf-xatarlar hamisha mavjud. Undan asranish esa avvalo o‘z qo‘lingizda ekanligini unutmang. Yo‘llarda doimo hushyor va sergak bo‘ling. unutmang, siz ko‘rib turgan narsalarni haydovchi ko‘rmasligi mumkin. Yo‘l harakati qoidalariga doimo amal qiling.

https://shirinuz.uz/wp-content/uploads/2023/02/111111.mp4
Exit mobile version