Site icon Shirin shahar hokimligi

Cho‘lda bo‘ston yaratganlar…

Shirin shahar Bolalar musiqa va sanʼat maktabida Sirdaryo viloyati tashkil topganligining 60 yilligi munosabati bilan «Cho‘lda bo‘ston yaratganlar» nomli tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida «Uch avlod uchrashuvi» ham tashkil etildi. Tadbir avvalida bugungi bayram munosabati bilan tabriklar aytilib, so‘ngra mehnat faxriylari tomonidan viloyatimiz hamda Shirin shahri tarixi hamda bugungi kuni haqida fikr yuritildi.

Shundan so‘ng Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan sahnalashtirilgan teatr va musiqiy dasturlar barchaga bugungi bayram kayfiyatini ulashdi.

Barchani viloyatimiz tashkil topganligining 60 yilligi munosabati bilan muborakbod etamiz.

https://shirinuz.uz/wp-content/uploads/2023/02/00086.mp4
Exit mobile version