Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahar IIB boshligʻi Akmal Xolmatov keng jamoatchilikka 8 oy yakuni boʻyicha hisobot berdi

Shirin shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari A.N.Xolmatov shahar aholisiga joriy yilning 8 oyi yakuni bo‘yicha videomurojaat bilan chiqdi.

Shahar hududida 2022 yilning 8  oyi davomida 43 (2021 yil 47) ta jinoyatlar sodir etildi, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan umumiy jinoyatchilik soni 4 taga 8,5 % kamaygan.

Shuningdek, shahar aholisi orasida bir qator manzilli profilaktik ogohlantiruv tadbirlari olib borilishi natijasida qasddan odam o‘ldirish, bosqinchilik, talonchilik, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transporti hodisalari, transport vositasini olib qochish va nomusga tegish kabi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Jumladan, shahar hududida jinoyat qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha
2022 yilning 8 oyi davomida 26 ta jinoyat sodir etilgan, 2021 yilda 28 ta jinoyat sodir etilib, o‘tgan yilga nisbatan 2 taga 7,1 %ga kamaygan.

Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar soni- 2022 yilning 8 oyi mobaynida 13 ta, 2021 yilning shu davrida 20 ta sodir etilib, 7 taga kamayishiga erishilgan.

Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar soni-2022 yilning 8 oyi davomida 16 ta, 2021 yilda esa 21 ta sodir etilib, 5 taga kamayishiga erishilgan.

Og‘ir turdagi jinoyatlar soni- 2022 yil 8 oyi davomida 12 ta, 2021 yilning shu davrida 4 ta sodir etilgan bo‘lib, 8 taga oshgan.

-O‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar soni– 2022 yil 8 oyi davomida 2 ta, o‘tgan yilning shu davrida 5 ta sodir etilib, 3 taga kamayishiga erishilgan.

Shahrimiz aholisi fuqarolariga asosiy jinoyatlar tungi vaqtda sodir bo‘layotganligi uchun barcha sohaviy xizmatlar tomonidan tungi xizmatga jalb etilgan hodimlar ko‘p qavatli uylar ostida qarovsiz qoldirilgan velosiped yoki bo‘lmasam savdo do‘konlariga videokuzatuv kameralari o‘rnatish hamda xonadonlarda o‘g‘irlik jinoyatlarini oldini olish bo‘yicha mahallalarda uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda. 

Shahrimiz fuqarolarini jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va uni oldini olishda faol ishtirok etishga chaqiramiz!

Shirin shahar Ichki ishlar bo’limi boshlig’i

Akmal Xolmatov

 

Exit mobile version