Shirin shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari A.N.Xolmatov shahar aholisiga joriy yilning 7 oyi yakuni bo‘yicha hisobot berdi.
Shahar hududida 2022-yilning 7 oyi davomida 36 ta(2021-yil mos davrida 44 ta) jinoyatlar sodir etildi, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan umumiy jinoyatchilik soni 8 taga 18,2 %ga kamaygan.
Shuningdek, shahar aholisi orasida bir qator manzilli profilaktik ogohlantiruv tadbirlari olib borilishi natijasida qasddan odam o‘ldirish, bosqinchilik, talonchilik, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transporti hodisalari, transport vositasini olib qochish va nomusga tegish kabi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Jumladan, shahar hududida jinoyat qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha 2022-yilning 7 oyi davomida 22 ta jinoyat sodir etilgan, 2021-yilda 27 ta jinoyat sodir etilib, o‘tgan yilga nisbatan 5 taga 18,5 %ga kamaygan;
–Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar soni- 2022-yilning 7 oyi mobaynida 13 ta, 2021-yilning shu davrida 20 ta sodir etilib, 7 taga kamayishiga erishilgan.
–Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar soni-2022-yilning 7 oyi davomida 16 ta, 2021-yilda esa 17 ta sodir etilib, 1 taga kamayishiga erishilgan.
–Og‘ir turdagi jinoyatlar soni- 2022-yil 7 oyi davomida 7 ta, 2021-yilning shu davrida 2 ta sodir etilgan bo‘lib, 5 taga kamayishiga erishilgan.
-O‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar soni– 2022-yil 7 oyi davomida sodir etilmagan, o‘tgan yilning shu davrida 5 ta sodir etilib, 5 taga kamayishiga erishilgan.
Shahrimiz aholisi fuqarolariga ko‘proq oila turmush doirasida nizolarni tinchlik yo‘li bilan bartaraf etishlari, shuning oqibatida inson sog‘lig‘i va hayotiga xavf soluvchi tan-jarohati bilan bog‘liq oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sodir etilishiga sabab bo‘lmoqda. Mahalladagi beshlik tizimi ajrim yoqasiga kelib qolgan hamda janjalkash oilalardagi nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirishlari, bundan tashqari ko‘plab fuqarolarimiz qonunni yaxshi bilmasliklari oqibatida firibgarlar qurboniga aylanmoqda. Eng ko‘p oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlardan bir bu o‘g‘irlik jinoyatidir. Fuqarolarimizga o‘z uyi va o‘z mol-mulklariga xushyor bo‘lishsa o‘g‘irlik jinoyatlarini oldi olinishida o‘zlarining katta hissalarini qo‘shgan bo‘ladilar.
Shirin shahar IIB boshlig’i A.N.Xolmatov