Site icon Shirin shahar hokimligi

Tashqi reklamalar qonun bilan tartibga solinadi

Joriy yilning 7-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi «Reklama to’g’risida»gi Qonun qabul qilindi va ushbu qonun joriy yilning 9-sentabr sanasidan boshlab kuchga kiradi. Mazkur Qonun 8 bob hamda 53 ta moddadan iborat bo’lib, unda reklama sohasida barcha tartib, taomillar keltirib o’tilgan.

Masalan, qonunning 6-moddasida:

«O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi.
Reklama mazmunining tarjimasi quyidagi talablarga rioya etgan holda boshqa tillarda takror berilishi mumkin:
reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi asosiy ma’nosini buzib ko‘rsatmasligi kerak;
tashqi reklama orqali joylashtiriladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matnining pastki qismida gorizontal holda joylashtirilishi va umumiy reklama maydonining qirq foizidan oshmasligi kerak;
reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni harfining o‘lchami O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matni harfining o‘lchamidan kichik bo‘lishi kerak;
tele- va radiokanallarda, shuningdek bosma nashrlarda tarqatiladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi har kungi umumiy reklama hajmining yigirma foizidan oshmasligi kerak.
faqat chet tillarda e’lon qilinadigan bosma nashrlarda va noshirlik mahsulotining boshqa turlarida joylashtiriladigan reklamaga;
ko‘rsatuvni (eshittirishni) chet tillarda amalga oshiruvchi ommaviy axborot vositalarining tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlarini namoyish etish (eshittirish) jarayonida joylashtiriladigan reklamaga;
Internet jahon axborot tarmog‘idagi materiallarni faqat chet tillarda joylashtiradigan veb-saytlarning axborot resurslariga joylashtiriladigan reklamaga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari), bosma usulda terilgan bo‘g‘inli belgilar (logotiplar) asli qaysi tilda bo‘lsa, shu tilda keltirilishi mumkin.»ligi ko’rsatib o’tilgan.

Shuningdek, 16-moddada:

«Nomaqbul reklamaga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar reklama beruvchi reklama qilinayotgan qiyoslash ishonchliligining faktik dalillarini taqdim etishi mumkin bo‘lsa, agar bunda reklama foydalanuvchisini reklama chalg‘itib qo‘ymasa va chalg‘itib qo‘yishi mumkin bo‘lmasa, raqobatchining ishchanlik obro‘siga yoki uning tovar belgisiga (xizmat ko‘rsatish belgisiga), firma nomiga, tovariga yoki faoliyatiga putur yetkazmasa, qiyosiy reklamaga yo‘l qo‘yiladi.
Reklamada quyidagilar taqiqlanadi:
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga qarab, boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoki o‘zga shaxslarning tovarlarini badnom qilish;
qonunchilikning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, fuqarolarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga va atrof-muhitga zarar yetkazuvchi yoxud zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan, shuningdek xavfsizlik vositalariga e’tiborsiz bo‘lishga undovchi harakatlarga da’vat qilish;
agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, boshqa tovar reklamasida qo‘llaniladigan yoki video va kino mahsulotlarida, shuningdek boshqa ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarida (mualliflik huquqi), efir yoki kabel orqali ko‘rsatuvlar (eshittirishlar) beruvchi tashkilotlarning ijrolarida, fonogrammalarida foydalaniladigan umumiy yechimni, matnni, tasvirni, musiqali yoki ovozli effektlarni aynan takrorlash;
jismoniy shaxsning nomidan yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish;
pornografiya tusidagi axborotdan foydalanish;
axborot mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan chet el so‘zlari va iboralaridan foydalanish;
tovar davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan ma’qullanganligini ko‘rsatish;
tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari) reklama qilinishi taqiqlangan yoxud reklama qilinishiga nisbatan tegishli cheklovlar yoki talablar belgilangan tovarning tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari) bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoxud unga aynan o‘xshash bo‘lgan boshqa tovarning reklamasi ko‘rinishida tovarni reklama qilish;
davlat ramzlaridan, xususan O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasviridan hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ohangidan foydalanish yoki ularni aynan takrorlash;
maktabgacha ta’limda hamda tarbiyada, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’limda foydalaniladigan bosma nashrlarda (darsliklarda, maktab kundaliklarida, maktab daftarlarida va boshqalarda) tovarlarni reklama qilish;
narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida ko‘rsatish;
bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yosh tasnifini ko‘rsatmasdan reklama qilish;
tovar to‘g‘risidagi, uni olish yoki undan foydalanish shartlari haqidagi muhim ma’lumotlarni yashirish va (yoki) o‘qish uchun farqlab olishni qiyinlashtiradigan qilib tasvirlash, agar bunda axborotning mazmuni buzib ko‘rsatilsa va reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘itsa;
milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish.
Quyidagilarni:
ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonunda taqiqlangan tovarlarni;
ishlab chiqarilishi va (yoki) realizatsiya qilinishi uchun tegishli sertifikatlari va litsenziyalari, majburiy sertifikatlashtirish guvohnomalari yoki maxsus ruxsatnomalari mavjud bo‘lmagan tovarlarni;
giyohvandlik vositalarini yoki psixotrop va (yoki) kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni;
pornografiya mahsulotlarini reklama qilish taqiqlanadi.
Ayrim turdagi tovarlar reklamasiga nisbatan mazkur reklamaga qo‘shimcha axborot va (yoki) ogohlantirishlarni ilova qilish zarurligi to‘g‘risida talablar belgilanishi mumkin.
Reklama beruvchi va reklama tarqatuvchi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan taqdirda, reklamani tarqatishga yo‘l qo‘yilmasligi belfilangan.

Exit mobile version