Site icon Shirin shahar hokimligi

Davlat tilida ish yuritish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi o’rganildi

Joriy yilning 15-avgust kuni Shirin shahrida »O’zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi »Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to’liq o’tishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risidagi» 61-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi »Reklama to’g’risida»gi 776-son Qonuni ijrosini ta’minlash shuningdek, tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini o’rganish maqsadida Do’stlik, Bunyodkor, Mirzo Ulug’bek va Amir Temur mahalla fuqarolar yig’inlarida ijro holati ko’zdan kechirildi.
O’rganish natijalariga ko’ra, har bir mahallada me’yoriy hujjatlar kirill alifbosi ish yuritilgan va yozilgan o’rinlari aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mahalla raislari va tegishi mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko’rsatmalar berildi.
Qonunchilik ijrosi yuzasidan joylarda o’rganishlar davom etadi.

Exit mobile version