Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahrida joriy yilning mos davriga nisbatan jinoyatchilik kamaygan

Joriy yilning 4-avgust kuni Shirin shahar prokurori R. Mamirov, shahar IIB boshlig’i A.Xolmatov hamda tizim xodimlari ishtirokida navbatdagi Muvofiqlashtiruvchi Kengashi yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish kun tartibida 2022-yilning 6 oyi davomida shaharda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarni umumlashtirish natijalari muhokama qilindi.

Unga ko’ra, joriy yilning 6 oyi davomida, Shirin shahrida umumiy jinoyatchilik 33 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 taga kamaygan.

Sodir etilgan jinoyatlarning 8 tasi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 17 tasi uncha og‘ir bo‘lmagan, 8 tasi og‘ir turdagi jinoyatlar hisoblanadi. Ushbu davrda, shaharda o‘ta og‘ir turdagi jinoyat sodir etilmagan. Yig’ilish yakunida shahar huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida barcha xodimlarga tegishli topshiriqlar, ko’rsatmalar berildi va muhim chora-tadbirlar belgilandi.

Exit mobile version