Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahrida bir guruh o’quvchilarga maktab formalari tarqatildi

Bugungi kunda ta’lim sohasi borasida olib borilayotgan islohotlar yosh avlodni yetuk va barkamol bo’lib voyaga yetishi, mamlakatning ertangi kungi tayanchiga aylanishiga zamin yaratadi. Bu borada davlatimiz tomonidan ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan qilinayotgan g’amxo’rlik ko’lami kengaymoqda.

Mana shunday ta’lim islohotlari qo’llab-quvvatlangan holda Sirdaryo viloyati Shirin shahrida yashovchi bir guruh o’quvchilarga yangi o’quv yili oldidan quvonch ulashildi. Xususan, joriy yilning 10-avgust kuni Sirdaryo viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i O.Donabayev, shahar sektor rahbarlari, soha vakillari, o’quvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirokida Alisher Navoiy haykali qad rostlagan xiyobonda tadbir tashkil etildi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar, bugungi kunda ta’lim sohasi, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar xususida alohida to’xtalib o’tdi. Shundan so’ng, shahar sektor rahbarlari hamda Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i tomonidan bir guruh o’quvchi yoshlarga maktab formalari tarqatildi. Tadbir davomida o’quvchilar uchun qo’shimcha qulaylik yaratish maqsadida ushbu xiyobonning o’zida arzonlashtirilgan maktab yarmarkasi ham tashkil qilindi.

Ma’lumot uchun, shahar bo’yicha ko’p farzandli oilalarda tarbiyalanayotgan jami 219 nafar o’quvchilarga maktab formalari tarqatildi.

Exit mobile version