Site icon Shirin shahar hokimligi

Milliy qadriyatlar oilada yuksaladi!

Joriy yilning 28-iyul kuni Shirin shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi, shahar madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda Shirin shahar Farhod mahallasi Jozibador ko‘chasi yashovchi Umrzoqovlar oilasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Oilaviy ajrimlarni oldini olish, xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy muhitni yuksaltirish maqsadida “Oila – jamiyat negizi” nomli mazkur tadbirda shahar otinoyisi M. Mamadaliyeva, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibasi M. Abdurasulova, xoji onalar, mahallaning faol ayollari, tadbirkor ayollar, oqila ayollar hamda yosh yigit qizlar ishtirok etdi. Tadbir davomida faxriy onaxonlarimiz tomonidan oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi haqida yoshlarga tushunchalar berildi, unutilib borayotgan milliy qadriyatlarimizdan “Kelin salom”, “Alla aytish”, “Beshtosh” o’yini, o‘sma qo‘yish marosimlari o‘tkazildi. Faxriy onaxonlarimiz bilan oilaviy munosabatlar haqida savol-javob o‘tkazilib, kerakli tavsiyalar berildi.

Exit mobile version