Site icon Shirin shahar hokimligi

Sirdaryo viloyat hokimi o’rinbosari Shirin shahrida investitsiya loyihalarini o’rgandi

Joriy yilning 20-iyul kuni Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari D.Madirimov Shirin shahrida 2022-yilning 6-oyi davomida amalga oshirilgan ishlarning holati, hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda ularda yaratilayotgan ish o‘rinlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksport rejasining bajarilishi o’rganildi. Shuningdek belgilangan barcha ko‘rsatkichlar muddatida bajarilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari D.Madirimov tomonidan ko‘rsatmalar berilib, shahar hududida ishga tushirilgan hamda ishga tushirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida Shirin shahar Amir Temur mahallasi hududida tashkil etilgan “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi”da amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, xususan, “Efe Bey” MChJning “Tikuv trikotaj mahsulotlari” ishlab chiqarish loyihasi ko‘zdan kechirildi. Qolaversa, korxona tomonidan joriy yilning IV choragida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari eksportga yo‘naltirish rejasi to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, mazkur korxonada 90 ta doimiy ish o‘rinlari tashkil etilgan, bir kunda o‘rtacha 500 dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, ikkinchi manzil, Mirzo Ulug‘bek mahallasi hududida amalga oshirilgan “Wang Da Rolling Steel” MChJning “Metalloprokat mahsulotlari” ishlab chiqarish loyihasi o‘rganildi. Korxona bugungi kunda to‘liq quvvatda ishlab kelayotgan bo‘lib, ishlab chiqarilgan mahsulotlari ichki bozorga yetkazib berilmoqda. Korxona rahbari tomonidan joriy yilning III choragidan ishlab chiqarilgan mahsulotlari eksportga yo‘naltirlishi bildirildi.

Uchinchi manzil, huddi shu mahalla hududida amalga oshirilayotgan “Eko qog‘oz” MChJning “Gipsokarton qog‘ozi” ishlab chiqarish loyihasi ko‘zda kechirildi. Korxona tomonidan 2021-yilda 1,5 mln.AQSh dollar (2018-2022 yillarda jami 5,3 mln AQSh dollar) miqdorida xorijiy investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilgan, o‘zlashtirilgan mablag‘lar evaziga Xitoy davlatidan gipsokarton qog‘ozi ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan uskunalar olib kelingan, yil yakuniga qadar yana 500 ming AQSh dollar o‘zlashtirilishi ma’lum qilindi.

Keyingi manzil, Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Acwa Power Sirdarya” MChJning “Issiqlik elektrostansiyasi” tashkil etish loyihasi bo’ldi. Joriy kun holatiga korxonada 117 (loyiha boshidan buyon 242,5) mln.dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar o‘zlashtirilgan, qurilish ishlari 50%ga bajarilib, qurilish ishlari o‘z muddatida yakunlanishi va loyiha 2024-yilning mart oyida foydalanishga topshirilishi ma’lum qilindi.

Tashrif yakunida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolarni tezkorlik bilan ijroga qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olinishi belgilandi.

Exit mobile version