Site icon Shirin shahar hokimligi

Odam savdosi – shaxs erkinligiga tahdid

Odam savdosi — kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun to‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish yo‘li bilan odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning foxishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning o‘zga shakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka o‘xshash odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olishni anglatadi;

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 13-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Bugungi kunda vatandoshlarimizning chet mamlakatlarda (Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Turkiya va b.) mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadidagi migrasiyasi o‘zining ko‘pgina ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqda.

Bu salbiy hodisalarni oldini olish, mamlakatimiz fuqarolarini ham odam savdosi qurbonlariga aylanib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Bularning barchasi davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan ushbu illatga qarshi qat’iy choralar ko‘rishni, odam savdosiga jalb etilgan va undan jabr ko‘rgan hamyurtlarimizni muhofaza etishni dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda.

Fuqarolar odam savdosi qurboniga aylanmasliklari uchun birinchi navbatda qonun doirasida chetda ishlashlari, o’zlarining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini to’laqonli anglab yetishlari lozim.

Shirin shahar adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Exit mobile version