Site icon Shirin shahar hokimligi

Maktab va oilaning munosabatlari qanchalik muhim?

Biz bilamizki, hozirgi dolzarb kunlarda ta’lim – tarbiyaga katta e’tibor qaratishimiz kerak. Bola tarbiyasida maktab va oilaning doimiy hamkorligi muhim rol o‘ynaydi. Har doim ota-ona o‘z farzandining maktabdagi darslarga muntazam qatnashayotganini, fanlardan qanday o‘zlashtirayotganini nazorat qilib borishi, bilim olishiga bevosita yordam berishi zarur. Shunday ekan, maktab ota-onalar uchun nimalarga ko‘proq e’tibor berishi kerak.

Birinchidan, har chorak yakunida sinflar bo‘yicha ota-onalar majlisi o‘tkazib, har bir bola uchun ota-onaga uning tarbiyasidagi ayrim kamchilik, har bir fanlardan olayotgan baholari to‘g‘risida hisobot berilishi kerak. Ba’zi sinf rahbarlari bola tarbiyasidagi kamchiliklarni yuz-xotir qilib, ota-onalariga ma’lum qilmaydi. Bola tarbiyasida shu kunlarda ham ba’zi ota-onalar ish bilan bandman deb, farzandlarining tarbiyasini butunlay o‘z holiga tashlab qo‘ygan.

Shirin shahrimiznig ba’zi mahallalarida ota-onalar maktablardagi majlislarda ishtirok etmaydilar. Ma’lumki, intizomsiz, ahloqi buzuq, qo‘rs o‘quvchilar darslarini o‘zlashtirmaydilar. O‘quvchilarni qanday o‘qishini, intizomini esa o‘qishidan bilish mumkin. Har doim ota-onalar bolaning xatti-harakatini uzluksiz nazorat qilib turishlari lozim. Shunday nazoratning sustligi shahrimizning mahallalaridagi maktablarida yaqinda bo‘lib o‘tgan fan olimpiadalaridan bilsak bo‘ladi. Shu o‘rinda 1-maktabdan 29 nafar, 2-maktabdan 22 nafar, 3-maktabdan 20 nafar va 4-maktabdan 25 nafar jami shahrimiz bo‘yicha 96 ta o‘quvchi o‘rin olgan. Bular faxrli I-II-III o‘rinlarni egallashdi. Biz bu o‘rinlar bilan mag‘rurlanib ketishimz kerak emas. Biz xatolar va kamchiliklarni ko‘rsatmaslikni yoqlasak, ularga e’tiborsizlik bilan qarasak tarbiyasiz bolalar jinoiy ish qilishdan ham qaytmaydilar. Ota-onalar shuni bilishsinki, murg‘ak chaqaloq uchun beshik keng olam, oila xonadon esa bola uchun ilk tarbiya o‘chog‘idir.

Insonning bolalikdan, yoshlikda otasidan-onasidan eshitgani va bilgani uning bir umr esida saqlanib qoladi. Buning sababi yoshlik xotirasining kuchi va ota-ona gaplarining samarasidir. Shunga ko‘ra, ota-onalar bosh tarbiyachi rolini bajarishlari kerak. Ko‘pincha, ota-onalar kundalik tashvishlari bilan bo‘lib, bolaga o‘zlarining qanday harakatlari orqali o‘rnak bo‘layotganlarini, unda qanday his-tuyg‘ular uyg‘onayotganligini sezishmasligi, goho bola ota-onasining o‘zgalar oldida yo‘l qo‘ymaydigan ko‘ngilsiz mojarolarga guvoh bo‘lishini bunday hollarda ota-onaning obro‘yiga katta putur yetkazishini mahalladoshlarga uqtirib borish zarur. Ota-onalarning maktab bilan yaqindan aloqada bo‘lishi bolaning yaxshi o‘qishlari va axloqiy tarbiyalanishlarida hal qiluvchi ahamiyatga molikdir. Biz nuroniylar shahrimizning yosh avlodi uchun doim qayg’uramiz. Ota-onalarning maktab bilan munosabati har doim yaxshi bo‘lishi bolaning yaxshi o‘qishiga va axloqiy tarbiyalanishlarida hal qiluvchi ahamiyatga molikdir.

Shirin shahar Farhod mahalla fuqarolar yig’ini nuroniysi

Alisaid Ortiqboyev

Exit mobile version