Site icon Shirin shahar hokimligi

“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi

Shirin shahrida “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar davom etmoqda. Bu borada ishlarni jadallashtirish yuzasidan joriy yilning 26-may kuni Shirin shahar hokimligida shahar hokimi S. Sultonov, O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyati kengashi raisi B. Usmonov, shahar hokimining o’rinbosari D. Umarova, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo’limi boshlig’i F. Alimov, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbari I. Qo’ziboyevlar ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilishda “Ayollar daftari” 3-bosqichi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, xotin-qizlarning muammolarini tizimli o’rganish va ularni hal etish, shu bilan birgalikda, xotin-qizlar muammolarini hal etishda o’zining fidokorona mehnatlari bilan namuna ko’rsatgan mas’ullarni munosib rag’batlantirish maqsadida “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli”, “Eng yaxshi mahalla raisi”, “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng yaxshi ish beruvchi ayol”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi” va “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” ko’rik tanlovlarini o’tkazish masalalari yig’ilish ishtirokchilari bilan keng muhokama qilindi.

Shirin shahar Oila va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash bo’limi

Exit mobile version