Site icon Shirin shahar hokimligi

Sirdaryo viloyat IIB boshlig’i kubogi musobaqasi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 26-fevral kuni Shirin shahrida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun sportning mini futbol turi bo’yicha viloyat 3-sektor hududiga biriktirilgan Sirdaryo, Oqoltin tumani hamda Shirin shahri o’rtasida musobaqaning 3-bosqichi bo’lib o’tdi. Natijalarga ko’ra ushbu musobaqada Oqoltin tumani jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritib, mazkur musobaqaning yakuniy viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Mazkur musobaqaning yakuniy bosqichida Sirdaryo viloyatining 4 ta sektor hududidan g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoalar o’zaro bellashadi. Ma’lumot uchun, ushbu musobaqaning yakuniy final bosqichi joriy yil mart oyining dastlabki haftasida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Shirin shahar 3-sektor shtabi

Exit mobile version