O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Shirin shahridagi xalq qabulxonasida Shirin shahar hokimining o’rinbosari – Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i R. Boyqobilov hamda xalq qabulxonasi vakillari boshchiligida tegishli tashkiloti rahbarlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi.
Qabulda fuqarolar tomonidan uy-joy, ishga joylashish, nafaqasi tayinlash, kadastr, subsidiya asosida uy-joy olish yuzasidan jami 7 ta murojaat yo’llandi.
Har bir murojaat tegishli mas’ullar bilan tahlil qilinib, 4 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 2 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan bo’lsa, qolgan 1 ta murojaat ijrosi yuzasidan nazoratga olindi.
Shirin shahar 1-sektor shtabi