Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahar 3-sektor rahbari yoshlar bilan uchrashuv o’tkazdi

Joriy yilning 24-fevral kuni Shirin shahar Ichki ishlar bo’limi boshlig’i, 3-sektor rahbari A. Xolmatov boshchiligida Amir Temur mahallasida yashovchi uyushmagan yoshlar bilan sayyor uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda kasbga o’qitish, xorijga ishga borish, o’qish uchun shartnoma to’lovi va boshqa masalalarda yoshlar tomonidan murojaatlar qabul qilindi.

Yoshlarning kasbga o’qitish bo’yicha murojaatlari joyida ijobiy hal etildi va ular endi Guliston shahrida joylashgan monomarkazda o’zlarining sevimli kasblari yuzasidan bilimga ega bo’lishadi; xorijda ishlash yuzasidan qilingan murojaat bo’yicha Aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan viloyat Bandlik bosh boshqarmasiga suhbatga yuborildi; o’qish uchun shartnoma to’lovini to’lash yuzasidan qilingan murojaatga huquqiy tushuntirish berildi.

Shirin shahar 3-sektor shtabi

Exit mobile version