Site icon Shirin shahar hokimligi

Shirin shahrida tashqi reklama vositalari holati o’rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli farmoni, «Davlat tili haqida»gi qonun hujjatlari ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi «Reklama to‘g‘risida»gi qonuning ijrosi yuzasidan joriy yilning 22-fevral kuni Shirin shahrida amalga oshirilgan ishlar ishchi guruh tomonidan ijrosi o‘rganildi.

Shirin shahrida davlat tilida ish yuritishni to‘liq yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar nomlari va tashkilot hududiga o‘rnatilgan targ‘ibot vositalari, peshlavhalar, mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari va mahalla hududiga o‘rnatilgan targ‘ibot vositalari, xiyobon nomlari va uning hududiga o‘rnatilgan targ‘ibot vositalari, shaharning Xalqlar do‘stligi, Buyuk Turon, Erksevar, Ibn Sino ko‘chalariga o‘rnatilgan turli o‘lchamdagi tashqi targ‘ibot vositalari davlat tiliga asoslanganligini o‘rganish maqsadida tuzilgan ishchi guruh joyiga chiqqan holda o’rganish olib bordi. Unga ko’ra, Shirin shahrida jami 29 ta tashqi targ‘ibot vositalari mavjud bo‘lib, shundan 6 tasi 6×3 m o‘lchamdagi, qolganlari turli o‘lchamda bo’lgan targ‘ibot vositalari hisoblanadi. Tashqi targ‘ibot vositalari o‘rganilganda ularning barchasi davlat tili talablari asosida o‘rnatilganligi ma’lum bo’ldi.

Bundan tashqari, shahar hududida jami 236 dona tadbirkorlik reklama bannerlari mavjud bo‘lib, 2022-yil 22-fevral kuni o‘tkazilgan ishchi guruh o‘rganishida 102 dona tadbirkorlik reklama bannerlari tahlil qilindi. O‘rganish davomida 37 dona davlat tili talablariga javob bermaydigan reklama bennerlari aniqlangan bo‘lib, shundan 26 dona bannerlar joyida olib tashlandi va qolgan 11 dona bannerlari olib tashlash yuzasidan tadbirkorlarga tegishli tartibda ogohlantirish berildi.

Ma’lumot uchun, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan o’tkazilgan Respublika ko’rik-tanlovining “Davlat tili ustuvorligini ta’minlagan eng namunali hudud” yo‘nalishi bo’yicha Shirin shahri g‘olib deb topilgan edi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Exit mobile version